
Arteta: "Haverts iqtidorli va ko‘p qirrali futbolchi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining yangi a’zosi Kay Xavertsning o‘yini va mahoratini yuqori baholadi.
"Iste’dodning o‘z bahosi bor va "Arsenal"da biz doimo tajribali yoshlarga tayanamiz. Takror aytaman, men boshqa klublarning o‘yinchilari haqida gapirmayapman, lekin Kay allaqachon ko‘p narsa ko‘rsatgan, jumladan Chempionlar ligasida. U iqtidorli o‘yinchi, ko‘p qirrali", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "Marca" nashri.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" futbolchisi Kay Xaverts yaqin vaqt ichida "Arsenal"ga o‘tishi kutilmoqda. Klublar 55 million evrolik shartnoma borasida kelishib olishgan.
Fikrlar