
Arteta bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jarima zarbalaridan urilgan gollarga izoh berdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinida "Real" darvozasiga ikki marta jarima zarbasidan gol urgan Deklan Rays haqida fikr bildirdi:
"U juda qat’iyat bilan maydonga tushdi, chunki so‘nggi bir necha oy ichida biz unga shuni aytib kelayotgan edik: 2021 yil sentyabridan buyon to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan gol urmaganmiz.
Ushbu tanaffus ancha cho‘zildi va endilikda avval bunday gollar urmagan futbolchi ikkita haqiqiy mahorat namoyish etdi.
Kim o‘ylabdi, to‘g‘risi?" – dedi "kanonirlar" mutaxassisi.
Fikrlar