
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi: Jakani sotib yuboring va meni tekinga tarkibga qo‘shib oling
Londonning va Tulaning “Arsenal” klublari sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Frimpong “kanonirlar”ning kecha “Byornli”ga qarshi (0:1) bahsidan so‘ng, quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Jakani sotib yuboring va meni tekinga tarkibga qo‘shib oling”, - deb yozdi Frimpong o‘z tvitter sahifasida.
Jaka kechagi bahsda “Byornli” futbolchisiga qo‘pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib, maydondan chetlatilgan edi.
Emmanuel Frimpong “Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar