
"Arsenal"da muammolar paydo bo‘ldi. Obameyang jamoani tark etish ehtimoli katta!
"Arsenal"ni boshqarayotgan Mikel Arteta jamoadagi futbolchilarni ishontirishga va jamoada qolish uchun ko‘ndirishga harakat qilayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi Per-Emerik Obameyang jamoadan ketishni faol tarzda istayapti.
30 yoshli futbolchi o‘rta muddatli loyihada ishlashni xohlamayapti. U sovrinlarni yuta oladigan jamoa safiga o‘tib ketishni ma’qul ko‘rmoqda.
Aleksandr Lyakazett va Granit Jaka klubdagi kelajagi borasida aniq fikrda emas, ular o‘ylab ko‘rishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, jamoa tarkibining yarmi shunday holatda!
Bu Artetaning tayinlanishi bilan bog‘liq emas, balki klubni rivojlantirish vektori bilan bog‘liq.
Artetaning yana bir muammosi "Arsenal"da katta transfer fondining yo‘qligi. Shu munosabat bilan kelajakda Obameyang kabi o‘yinchilarni sotish talab qilinishi mumkin.
Fikrlar