“Arsenal” yulduzlari jamoani qutqarmoqchi

  • 27 aprel, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning eng mashhur va qudratli klublaridan bo‘lgan “Arsenal” keyingi paytda o‘z mavqeini yo‘qotib qo‘ydi.

Tecno

Chempionlik uchun kurashishi kutilgan bu jamoa joriy mavsumda musobaqa jadvalining o‘rtasidan o‘rin egallagan. “Kanonirlar” hatto Evropa ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlar uchun ham da’vogarlik qila olmayapti.

Spotify musiqiy striming servisi asoschisi va bosh direktori Daniel Ek “Arsenal”ning nazorat paketini sotib olmoqchi. Shvetsiyalik milliarder jamoani oyoqqa qo‘yishda “Arsenal”da porlagan yulduzlar – Terri Anri, Patrik Vieyra va Dennis Bergkamp yordamiga tayanmoqda.

Bu futbolchilar klubning xozirgi xo‘jayini Sten Kronkni jamoani Spotify asoschisiga sotishga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!