
"Arsenal" yarim himoyachisiga Bundesliga klubi haridor
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Germaniyaning "Gerta" klubi 27 yoshli futbolchi uchun 35 mln evro taklif qilgan.
Londonliklar esa, shveytsariyalik yarim himoyachi uchun 40 mln evro talab qilmoqda.
Shu qatorda, jamoalarning o‘zaro muzokarasi rivojlangan bosqichda ekanligi ham xabar qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jaka oktyabrda "Arsenal" muxlislari bilan tortishib qolgan edi va shuning uchun, bir nechta o‘yinlarda maydonga tushirilmay, sardorlik bog‘ichi ham olib qo‘yilgandi.
Fikrlar