
"Arsenal" yana bitta hujumchi oladi
Londonning "Arsenal" klubi joriy transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqda. "To‘pchilar" bir nechta nomdor forvardni o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lsada, hali to‘xtash niyatida emas. Ularning keyingi nishoni "Kristal Pelas" futbolchisi Eberechi Eze bo‘ladi.
"The Independet" nashrining xabar berishicha, Eze transferidan "Pelas" 68 million funt sterling ishlab olishni maqsad qilgan. Lekin Arteta jamoasi hujumchini 60 million funt sterling evaziga o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda. "Arsenal" hozircha hamshahariga taklif bilan chiqqani yo‘q. Biroq ikki klub rahbarlari o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar tufayli transfer taqdiri tezroq hal bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Eze jamoasi safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol kiritgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar