“Arsenal” yana bir katta transferni amalga oshirishi mumkin

  • 24 avgust, 2022, 13:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumchisi Mussa Diabi uchun 60 million funt sterling taklif qilishga tayyor. Bu haqda “Football Insider” xabar bermoqda.

Tecno

"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Diabini yozgi transfer oynasi yakuniga qadar jamoaga qo‘shib olishni istamoqda. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi orqali klubning old chizig‘i yanada kuchayadi. Klub xo‘jayini Sten Kronke allaqachon bu transferga yashil chiroq yoqqan.

Hujumchiga “Arsenal”dan tashqari “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va “Roma” klublari qiziqish bildirgandi. Iyul oyida Diabi 2022/23 yilgi mavsum ham "Bayer"da qolishga qaror qilganini e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!