"Arsenal” tarixidagi braziliyalik futbolchilar

  • 26 noyabr, 2019, 17:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gabriel Martinelli Londonda o‘zini yaxshi his qilyapti. “Arsenal” yozda jamoani kuchaytirdi. Martinelli David Luiz bilan birga London klubining 12 va 13-braziliyalik futbolchilariga aylanishdi. Keling mana shu 13 ta braziliyalik futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.

Tecno
  1. Pedro Botelo

Eng quyi o‘rinda jamoa safida biror marta maydonga tushmagan futbolchi turibdi. Lekin u rasman “Arsenal” futbolchisi bo‘lgan.

2007-yilda “Figeyrense”dan London jamoasiga o‘tgan futbolchi birdaniga “Salamanka” jamoasiga ijaraga berib yubordi. Shundan keyin ham uni bir necha bor klublarga ijaraga beraverdi. Faqatgina 2012-yilda uni sotishga qaror qildi.

  1. Vellington Silva

O‘n ikkinchi o‘rinda Pedroga o‘xshab jamoa safida biror marta maydonga tushmagan yana bir “yulduz” – Vellinton turibdi. “Arsenal” 2010-yilda uni sotib olgandi. Ammo Futbol assotsiatiyasi unga Angliyada o‘ynasha ruxsat berishni kechiktirdi. Venger uni ijaraga berishga qaror qildi.

Bir yildan so‘ng unga ruxsat berildi va yana ijaraga berildi. Bu safar Angliyaning “Bolton” jamoasiga. Arsen Venger unga ishonmay qo‘ydi va “Fluminense”ga sotib yubordi.

  1. Juan Maldonado

Juan Maldonado (yoki shunchaki Juan) “Arsenal” libosini 2 marta kiyishga muvaffaq bo‘lgan. 2001-yilda “Kanonirlar” uni sotib olgan. Aynan o‘sha 2 o‘yin Angliya Kubogi va Liga Kubogiga to‘g‘ri kelgan. U ham ijarama-ijara yurishga majbur bo‘lgan. Baribir ham Botelo va Silvaga qaraganda omadliroq ekanligi bilindi, axir 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Braziliyada esa Juanni hurmat qilishadi. Braziliya chempionatida 300 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan va terma jamoaga ham chaqirilgan.

  1. David Luis

Luis “Arsenal”ga endigina kelib qo‘shildi. Uning o‘yiniga baho berishga hali erta. Lekin 2 martadan ko‘p o‘yinda maydonga tushganini hisobga olsak, yuqoridagi uchlikdan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega

  1. Gabriel Martinelli

Unga ham Davidga bergan ta’rifimiz, hali o‘yiniga baho berishga erta. Lekin 2 o‘yinda 4 ta gol urgan Martinelli muxlislar e’tiboriga tusha boshladi.

  1. Andre Santos

2011-yil “Fenerbaxche”dan sotib olingan futbolchi “Arsenal” safida 2 yil maydonga tushdi. U himoyadagi qo‘pol xatolari bilan muxlislar yodida qoldi. “Kanonirlar” safida 2 a gol urishga muvaffaq bo‘lgan (biri “Chelsi”ga, biri esa “Vest Bromvich”ga)

Hozirda u o‘z Vatanida, “Figeyrense” safida to‘p suryapti. Futboldan tashqari uning shaxsiy restorani ham bor.

  1. Denilson

Yarim himoyachi “Arsenal” safiga 2006-yilda kelib qo‘shilgan. Uni Sesk Fabregas va Robin Van Persiga izdosh sifatida ko‘rishgan edi. Ammo futbolchi bu ishonchni oqlay olmadi. U pleymekerlik roli uchun etarlicha texnikaga ega emasdi, markazda raqiblarni to‘xtatish uchun fizik jihatdan ham kuchli emasdi. U yaxshi boshlagan edi, ammo xuddi shu tezlikda taslim bo‘ldi. Jarohatlar unga pand berdi. To‘g‘ri, u “Arsenal” safida 100 dan ziyod o‘yinda maydonga tushdi, ammo judayam katta taassurot qoldira olmadi.

U hozir 31 yoshda va jamoasiz.

  1. Gabriel Paulista

“Arsenal” muxlislar jamoa o‘yini yorqinroq va agressivroq bo‘lishini istashdi. Jamoa esa bu murojaatga Paulista bilan javob qaytardi.

U jamoaga tez moslashib ketdi. Ketma-ket o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatdi. Ammo hamma uni “Chelsi”ga qashi o‘yindagi qo‘polligini va qizil kartochka olib chiqib ketganin eslab qolgan. Vengerning o‘zi ham shu vaziyatdan keyin unga ishonmay qo‘ygan.

Hozirda u “Valensiya” safida va o‘zini har tomonlama yaxshi ko‘rsatyapti.

  1. Julio Baptista

Arsen Venger Baptistani qo‘lga kiritish uchun ancha harakat qildi. Uni Patrik Vieraning o‘rinbosari sifatida ko‘rayotgan edi. Nihoyat, 2006-yilda uni jamoaga olib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo “Real” futbolchisi APLda porlab keta olmadi. Liga Kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zidan yorqin iz qoldira olmadi. Esda qoladigan bir narsa, “Liverpul” darvozasiga 4 ta gol urgani bo‘ldi. Ha, Arshavindan oldin qilgan edi bu ishni.

  1. Silvino

Endi faqat “Arsenal”da o‘z o‘rniga ega bo‘lgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

1999-yilda “Kanonirlar” Silvinoni sotib oldi. U jamoa tarixidagi ilk braziliyalik futbolchi edi. U markaziy va chap qanot himoyasida o‘zini har tomonlama yaxshi ko‘rsatgan. Hatto, 2000-2001 yilgi mavsum ramziy jamoasiga kiritilgan.

Hammasi eshli Koul kelgancha yaxshi edi. Koul keldi va u “Selta”ga ketishga majbur bo‘ldi. “Barsa” safida ham to‘p surgan himoyachi 2 marta Chempionlar ligasi va 3 marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

  1. Eduardo da Silva

Eduardo deganda “Arsenal” muxlislariga ko‘z oldiga “Birmingem” bilan o‘yindagi dahshatli jarohat keladi. Mana shu jarohatdan keyin u Van Persining “shisha” variantiga aylandi-qoldi. Avvalroq, u 28 o‘yinda 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, jarohatdan so‘ng formasini tiklay olmadi.

  1. Edu

Edu 2000-yilda “Arsenal” safiga o‘tishga va’da bergan edi. Ammo bu transfer bir yilga kechikdi. Sababi, Eduda soxta Portualiya pasporti topildi. Ammo muxlislar kutgani besamar ketmadi. U ishonchni oqlay oldi.

U jamoaning almashirib bo‘lmas futbolchisiga aylandi. Adaptatsiya jarayoni juda tez kechdi va u Vengerning ishongan futbolchilaridan biriga aylandi.

1.Jilbertu Silva

Birinchi o‘rinni so‘zsiz Jilbertu Silva egallashi aniq edi. U “Arsenal” tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri.

“Arsenal”dagilar u Petining o‘rnini bosadi deb o‘ylashgan edi, ular adashishmadi.

Patrik Vieyra ikkalasi markazda juda yaxshi tandem hosil qilishdi. Ham hujumga, ham himoyachilarga yordam berib turishdi. Silva hisobida 200 dan ziyod o‘yin bor va ularning ko‘pida sardor sifatida maydonga tushgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!