
"Arsenal" "Real"ning sobiq futbolchisini sotib olishga yaqin
Kepa Arrisabalaga "Arsenal"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "kanonirlar" "Chelsi" darvozaboni transferini rasmiylashtirishga yaqin turibdi. Avvalroq, "Arsenal" Kepani David Rayaning o‘rinbosari sifatida ko‘rayotgani ma’lum bo‘lgandi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 5 million funtni tashkil etadi.
Arrisabalaga 2024-25 yilgi mavsumni "Bornmut"da ijara asosida o‘tkazdi. U APLda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 39 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar