"Arsenal" "Real" yarim himoyachisiga qiziqishni tikladi

  • 22 iyun, 18:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angliya Premer-ligasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebastian Vidal xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi Tomas Parti jamoadan ketishga yaqinligi sabab, Kamavingaga bo‘lgan qiziqishni yana tiklagan. Yaqinda "kanonirlar" futbolchining holati bilan qiziqib, uni "Real"dan olib kelish imkoniyatini o‘rganib chiqishgan. "Real" faqat yaxshi summadagi taklif tushsa, futbolchini sotishga rozi bo‘ladi.

Joriy mavsum frantsiyalik xavbek barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!