
"Arsenal" posboni jamoada sardorlik bog‘ichiga da’vo qilmoqda
"Arsenal" jamoasi darvozaboni Aaron Remsdeyl jamoa sardorligi haqidagi savolga javob berib o‘tdi. Aytishicha, u sardor bo‘lishni taklif qilishsa, buni rad etmaydi.
"Eshiting, men ma’suliyatni o‘z bo‘ynimga olishga tayyorman. Biroq bu murabbiyga bog‘liq masala.
Bizda etakchilar va liderlik qobiliyatiga ega futbolchilar etarlicha. Menimcha, sardorlik borasida bizda katta muammo yo‘q.
Agar menga bog‘ichni berib, "endi sen sardorsan", - deyishsa, hech ikkilanmay bu taklifni qabul qilardim. Men buni hech qachon rad etmagan bo‘lardim.
Ammo yana bir bor qaytaraman, bu masalalar bilan bosh murabbiy shug‘ullanadi", - dedi angliyalik posbon.
Fikrlar