"Arsenal" o‘z etakchisini olib qoladi

  • 14 oktabr, 2022, 17:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Granit Jaka “Arsenal” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda “Football Insider” nashri xabar bermoqda. “Kanonirlar” yaqinlashyotgan jahon chempionatidan so‘ng yarim himoyachi bilan yangi shartlar bo‘yicha muzokoralarni boshlashi kutilmoqda.

Tecno

Ushbu mavsum o‘zini hujumkor yarim himoyachi rolida juda yaxshi his qilayotgan Granit Premer- ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta asisst amalga oshirdi, ya’ni klubning 5 ta golida qatnashdi. Solishtirish uchun: “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 8 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta asisstni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

30 yoshli shvetsariyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Granit 2016 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!