“Arsenal” Kimmix uchun grand jamoa bilan kurashishi mumkin

  • 1 mart, 17:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmich uchun "Pari Sen-Jermen" bilan raqobatlashishi mumkin. "The Mirror" nashrining xabariga ko‘ra, "kanonirlar" uni qo‘lga kiritishga qiziqmoqda. 
 
Xabaringiz bor, nemis futbolchisi yozda erkin agentga aylanadi. Chunki uning germaniyaliklar bilan shartnomasi atigi bir necha oy ichida yakunlanadi. Bundesliganing grand jamoasi uni "Alyants Arena"da olib qolish uchun yangi shartnoma taklif qilmoqchi. 
 
Avvalroq "Bavariya" rahbariyati Kimmixning haftasiga 320 ming funt sterling maoshini oshirish talabidan so‘ng unga taklif qilingan yangi bitimni qaytarib olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Hozirgi kunda esa Londonning "Arsenal" klubi bu vaziyatdan foydalangan holda, futbolchini Angliyaga olib kelmoqchi. 
 
Shunga qaramay, "Bavariya" hali ham Kimmix bilan yangi kelishuvga erishishdan umidvor. Biroq, unga Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Shu bois, Mikel Arteta boshchiligidagi “to‘pchilar” 30 yoshli xavbek uchun parijliklar bilan kurashishi talab etiladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Joshua joriy mavsum 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!