
"Arsenal" himoyachisini sotuvga qo‘yib, muzokaralarni boshladi
Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasida himoyachi Aleksandr Zinchenkoni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar berdi.
Angliya klubi ukrainalik futbolchining narxini 10 million evro deb belgilagan. Unga jiddiy qiziqish bildirgan jamoalardan biri — Italiyaning "Milan" klubi. Ma’lumotlarga ko‘ra, "rossoneriliklar" allaqachon "kanonirlar" bilan rasmiy muzokaralarni boshlagan.
Zinchenko londonliklar safida 2022 yil yozidan beri to‘p surmoqda. Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarni inobatga olsak, 23ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
Shu bilan birga, Teo Ernandesning milanliklar bilan xayrlashishi bu transferni tezlashtirib yuborishi mumkinligi haqida ham qo‘shimcha qilinmoqda
Fikrlar