
"Arsenal" futbolchisi "Yuventus"ga o‘tishi mumkin
Shveytsariya terma jamoasi hamda Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Granit Jaka yana bir Italiya klubi e’tiboriga tushdi.
Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini “Yuventus” o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. O‘z navbatida “kanonirlar” ham Jaka bilan xayrlashishga tayyor, faqat uni 20 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Bundan avvalroq Granitga “Roma” tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jaka o‘tgan mavsum premer-ligada 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar