
“Arsenal” futbolchisi “Siti”dan cho‘chiyapti
Joriy mavsumda Angliya Premer-ligasi chempionligini uchun kurashayotgan jamoalardan biri – “Arsenal” yarim himoyachisi Mikel Merino “Manchester Siti” imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
- “Manchester Siti”ning chempionat boshidagi ikki mag‘lubiyatidan odamlar fojia yasay boshladi. Ular “shaharliklar”ni chempionlik kurashidan chiqdi, deb hisoblayapti.
Chempionat endi boshlandi, oldinda uzoq yo‘l bor. Men esa. “Manchester Siti” albatta bosh sovrin uchun kurashadi, deb o‘ylayman, - dedi Mikel Merino.
Xosep Gvardiola jamoasi ketma-ket to‘rt yil Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqanidan keyin o‘tgan mavsumda chempionlikni “Liverpul”ga boy berdi. Bu “shaharliklar” o‘yinida inqiroz yuz bergani bilan izohlandi.
“Manchester Siti” 2025 yilning ikki transferlar oynasida tarkibini tubdan yangiladi. Endi ko‘pchilikni Xosep Gvardiolaning yangi loyihasi qay darajada samarali ekani qiziqtirmoqda.
Fikrlar