
"Arsenal" etakchisi yozda jamoadan ketadi. Uning qaerga yo‘l olishi ham ma’lum
“Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jaka yozda jamoani tark etadi. Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, bu 30 yoshli shveytsariyalik futbolchi “kanonirlar” safidagi oxirgi mavsum bo‘ladi. Boisi tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti.
Jaka uchun kurashda esa "Bayer" favorit sifatida tilga olinmoqda. “Dorishunoslar” ushbu transfer ustida faol ishlashda davom etmoqda. Nemis klubi yarim himoyachi uchun taxminan 15 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Leverkuzenliklar futbolchi bilan 2027 yilgacha tuzilgan shartnoma shartlarini deyarli kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, Jaka "Arsenal"safida 2016 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U joriy mavsum APLda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar