"Arsenal" etakchisi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng klubning "po‘stagini qoqdi!"

  • 17 may, 2022, 10:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligasi 37-turida "Arsenal" mehmonda "Nyukasl"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng "kanonirlar" etakchisi Granit Jaka hissiyotlarini tiyib tura olmadi.

"Nimadir deyish qiyin. Biz futbol o‘ynashga loyiq emasdik, sababini bilmayman. Berilgan topshiriqlarni bajara olmadik, murabbiyning ko‘rsatmalarini tinglamadik. Biz nafaqat Chempionlar ligasi, balki Evropa ligasiga ham loyiq emasmiz. Bularning barchasini qabul qilish mushkul.

Kimdir bu darajadagi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor bo‘lmasa, uyida o‘tirsin. Asabiy bo‘lsangiz, kim bo‘lishingizdan qat’i nazar, uyingizda o‘tiring. Futbol o‘ynash uchun jasorat kerak. 

Bu biz uchun eng muhim o‘yinlardan biri bo‘ldi, qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan muxlislar oldida hijolatdamiz. EChLga qaytishni 6 yil kutdik. Hammasi o‘z qo‘limizda edi",-deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi shveytsariyalik yarim himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!