"Arsenal" Bundesligadan hujumchi olib kelmoqchi

  • 30 may, 17:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig"ning markaziy hujumchisi Binyamin Sheshko Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" va "RB Leyptsig" 21 yoshli sloveniyalik futbolchi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Shu bilan birga, "kanonirlar" Sheshkoning shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan 80 million evrodan ortiq mablag‘ni sarflay olish-olmasligi hozircha noma’lum.

Ta’kidlanishicha, "Arsenal" hamon "Sporting"dagi Viktor Dyokereshni kuzatmoqda, ammo inglizlarning asosiy e’tibori hozirda Sheshkoga qaratilgan. Joriy mavsumda Sheshko barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Tecno

Abdimalik Eronqulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!