
"Arsenal" bundan ham yaxshiroq o‘ynashi mumkin
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta bu mavsumda o‘z futbolchilaridan nimani kutishini oshkor qildi.
“Vaziyatimizni biroz o‘nglab olganimiz yaxshi. Ammo, hali ko‘p narsalarni yaxshilash kerak. Biz uchun ustuvor vazifa – ko‘proq ochko to‘plash va turnir jadvalida yuqorilash. Yaxshiyamki, FIFA kunlaridan so‘ng barcha futbolchilar terma jamoalar safidan optimal holatda qaytishdi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis BBC ga bergan intervyusida.
Ta’kidlash joizki, “Arsenal” premer-ligadagi muvaffaqiyatsiz startdan so‘ng, ketma-ket uchta g‘alabalarni qo‘lga kiritdi va Artetaning o‘zi ham oyning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazovor bo‘ldi.
"Arsenal" o‘tkazilgan 7 ta turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan holda APL musobaqa jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar