"Arsenal" "Barselona" futbolchisini nishonga oldi

  • 1 aprel, 2023, 13:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi va "Barselona" vingeri Rafinya Diaz Angliya premer-ligaga qaytishi mumkin.

Tecno

"Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli janubiy amerikalik futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" Rafinyaning yozgi transfer oynasiga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Braziliyalik futbolchiga "Arsenal"dan tashqari "Nyukasl" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Dias joriy mavsumda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. "Transfermarkt" portali "ko‘k-anorrnglilar"a’zosini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!