"Arsenal" "Aynraxt" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 8 aprel, 2023, 00:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayntraxt" futbolchisi Jibril Sou APLga yo‘l olishi mumkin. "Mirror" nashri xabar berishicha, uni "Arsenal" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. "Kanonirlar"ga mazkur transfer 13 million funt sterlingga tushadi. 

Tecno

Yarim himoyachi ushbu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. Sou frankfurtliklar safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Klubning muhim o‘yinchilaridan biri hisoblangan shveytsariyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi. 

"Arsenal" Soudan tashqari yana Tilemansni ham yozda qo‘lga kiritmoqchi. Belgiyalik futbolchi London jamoasiga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin. Arteta shogirdlari kelasi mavsumda Chempionlar ligasida harakatlanishi aniq. Shu sababli, klub tarkibni kuchaytirishga urinmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!