
Arsen Venger Klublar o‘rtasidagi JCh qanchalik muhimligi haqida jiddiy fikr bildirdi
Futbol bo‘yicha frantsuz mutaxassisi, Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, bunday turnir futbol uchun kerak. Agar hozirgi ishtirokchilardan so‘rasangiz, ularning 100 foizi yana shunday musobaqada qatnashishni istaydi. Bu turnir muxlislarga yoqdimi? Tashrifchilar soni kutilganidan past baholangandi, aslida esa u ancha yuqori bo‘ldi. Mana sizga javob" - deya o‘z so‘zini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining so‘nggi bellashuvi ya’ni final to‘qnashuvi 13 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvda Luis Enrike va Entso Mareska boshqaruvidagi PSJ hamda "Chelsi" klublari o‘zaro kuch sinashadi. Parijliklar yarim finalda Xabi Alonso boshchiligidagi "qirollik klubi"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, finalga etib kelgan bo‘lsa, "aristokratlar" Braziliyaning "Fluminense" jamoasini 2:0 hisobida maxv etgan holda, finalga chiqdi.
Fikrlar