Arne Slot Salohning hech kimda yo‘q xususiyatini aytdi

  • 20 sentabr, 07:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”dagi debyut mavsumidayoq jamoani Angliya Premer-ligasi g‘olibi aylantirgan bosh murabbiy Arne Slot jamoa to‘purar Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Ko‘p futbolchilar jamoaning ishlari yurishib turgan paytda yaxshi o‘ynaydi. Lekin jamoaning yaxshi formada bo‘lmagan pallada foyda keltira oladigan o‘yinchilar juda kam. Muhammad Saloh esa, aynan mana shu narsani juda zo‘r uddalaydi. Bu xususiyat uni o‘ziga xos futbolchiga aylantiradi.

Men Muhammadni “Atletiko”ga qarshi bahsda o‘ynagan darajada ko‘rishni istayman. U o‘yinga shu qadar kirishib ketdiki, bu juda ijobiy narsalarni yuzaga keltirdi, - dedi Arne Slot.

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich birinchi turida “Liverpul” o‘z maydonida Madridning “Atletiko” klubini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Gollardan birini misrlik hujumchi kiritib, g‘alabaga hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!