
Argentinalik bokschi Mbappeni Useyn Boltga qiyosladi
Argentinalik bokschi Serxio Martines JCh-2022 finali haqida gapirdi.
"Men uchun Mbappe jahon chempionatidagi eng kuchli o‘yinchilardan biri. Maydonda u Useyn Boltga o‘xshaydi. O‘ylaymanki, finalda turnirning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinni kim olishi qiziq bo‘ladi - Mbappe yoki Messidan biri bunga loyiq deb topiladi.
Lekin umid qilamanki, bu Lionelga ko‘proq nasib qilsa kerak, chunki men Messining g‘alaba qozonishini butun Argentina ahlidan ko‘ra ko‘proq istayman.
Maradona davrida ham shunday bo‘lgan", — dedi boks bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni.
Fikrlar