Areolya Madridda. U tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 1 sentabr, 2019, 17:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Alfons Areolya "Real" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin va u tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Tecno

"Real" va PSJ kelishuviga ko‘ra, Keylor Navas PSJga o‘tadi va Areolya madridliklar safiga ijara asosida o‘tadi.

Ma’lumotga ko‘ra, Keylor Navas Parij klubida 3 yil davomida 18 mln evro maosh oladi. Uning transferi uchun PSJ 15 mln evro to‘laydi va Areolyani mavsum oxirigacha ijaraga beradi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli darvozabon yangi mavsumda, Liga 1 musobaqasida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!