
Arda Gyuler yana jarohat oldi
Yaqindagina jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytgan Arda Gyuler "Real" mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi. Madridliklarning "Las-Palmas"ga qarshi o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida Karlo Anchelotti turkiyalik vinger mazkur to‘qnashuvda o‘z debyutini amalga oshirishi mumkinligini aytgandi. Ammo bunday bo‘lmaydi.
"Real" rasmiy sahifasi orqali, Ardani mashg‘ulotlarda jarohat olganini tasdiqladi. Shu bilan birgalikda, u 3 haftaga safdan chiqdi.
Gyuler yozda "Fenerbaxche"dan 20 million evro evaziga sotib olingan. U hali birorta marta yangi klubi safida maydonga tusha olmadi.
Fikrlar