
Arablar Ronaldu "Real"ga qarshi o‘ynashini istashmoqda
Krishtianu Ronaldu hozircha "An-Nasr" klubidan ketish borasida qaror qabul qilgani yo‘q.
Avvalroq hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda: "Bu bob yakunlandi. Tarix esa? Hali yozilmoqda", — deb klubini o‘zgartirishi mumkinligiga ishora qilgandi.
Jurnalist Ben Jeykobning ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu yaqinda yozgan xabariga qaramay, u bilan "An-Nasr" o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Ba’zi Saudiya Arabistonidagi nufuzli shaxslar portugaliyalik futbolchining "Al-Hilol" bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashini istamoqda, bu orqali u klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real"ga qarshi maydonga tusha oladi. Hozircha Ronalduning "Al-Hilol"ga o‘tishni xohlashi noma’lum.
Shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino Saudiya Arabistonidan tashqari klublarni ham Krishtianu Ronalduni musobaqaga jalb etishga da’vat qilgan.
Ronaldu yaqin ikki hafta ichida yakuniy qarorini qabul qilishi kutilmoqda.
Fikrlar