Arablar baribir Leoni qo‘yib yuborishmaydi. Yoxud Messi Saudiya hukumati bilan mahfiy shartnoma imzolaganini bilasizmi?

  • 20 iyun, 2023, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

May oyi boshida klub ruxsatisiz Saudiya Arabistoniga dam olish uchun ketib qolgan Messi tufayli PSJda janjal boshlandi. Parijliklar argentinalik futbolchini ikki haftaga futboldan chetlatishdi, biroq omma oldida kechirim so‘ragach, sanktsiyalar bekor qilindi.

Tecno

O‘shanda jahon chempionining bayonotida: "Men bu safarni bekor qila olmadim" degan ibora eshitildi.

Nostandart ibora ortida nima turgani nufuzli The New York Times nashri tomonidan aniqlangan. Tahririyatda Leo va Saudiya Arabistoni rasmiylari o‘rtasidagi maxfiy PR kelishuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot bor edi.

Gap qanday kelishuv haqida ketmoqda?

Shartnoma 2021 yil 1 yanvarda tuzilgan. Uni Leoning o‘zi va akasi Rodrigo imzolagan bo‘lib, kelishub futbolchining biznes manfaatlarini ifodalaydi. Ammo ushbu shartnomada Saudiya Arabistoni rasmiylarining imzolari kiritilmagan.

2022 yil 9 mayda Messining Instagram sahifasida Saudiya Arabistonidan birinchi post paydo bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bu futbolchi va Turizm vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikning boshlanishi edi va bu tashrif Leoga 2 million dollarga yaqin daromad keltirgan.

Shartnoma tafsilotlari qanday? Messi bundan qancha pul oladi?

Gap tijorat faoliyatida ishtirok etish, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar (hozirda Leoning Instagram sahifasida 473 million obunachi bor) va Leo oilasi bilan birga o‘tkazishi kerak bo‘lgan Saudiya Arabistonidagi pul to‘lanadigan ta’til haqida ketmoqda. Messi o‘z sayohatlaridan olingan suratlarni baham ko‘rishi va ularni vazirlik tomonidan tasdiqlangan xeshteg bilan belgilashi lozim edi.

The New York Times tomonlar o‘rtasidagi shartnomaning ayrim tafsilotlarini ochiqladi. Unga ko‘ra:

-‎ Messi Saudiya Arabistonida 5 kunlik dam olish yoki har biri 3 kun davom etadigan ikkita sayohat uchun taxminan 2 million dollar oladi. Sayohat xarajatlari va besh yulduzli mehmonxonalar Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan to‘lanadi - kelishuvga Messining o‘zi va uning atrofidagi 20 kishigacha kiradi.

-‎ Messiga Saudiya Arabistonini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida targ‘ib qiluvchi yiliga 10 ta posti uchun yana 2 million dollar to‘lanadi.

‎- Bundan tashqari, Saudiya hukumati Leoga davlat sayyohlik kampaniyasida qatnashgani uchun yiliga yana 2 million dollar to‘laydi.

‎- Xayriya va ommaviy nutq uchun yana 2 million dollar.

- Shuningdek, futbolchi va Saudiya hukumati o‘rtasida imzolangan shartnomada Messiga mamlakat va uning rahbarlarining obro‘siga putur etkazadigan, inson huquqlarining buzilishi, ayollarni kamsitish va boshqa avtoritar xatti-harakatlari uchun tanqid qilinayotgan har qanday so‘zlarni aytishni taqiqlovchi band ham bor.

Bir marta Leo Saudiya Arabistoniga kelmadi, garchi u kelishi shart bo‘lgan bo‘lsada. Men buning uchun kechirim so‘rashi kerak edi va buning vaqti kelgan edi.

Aytish kerakki, Messi o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajaradi, lekin ba’zida vaziyatlar umuman boshqacha bo‘lishi mumkin.

2021 yilning fevralida, shartnoma imzolanganidan bir necha hafta o‘tib, Messi Saudiya Arabistoni turizm vaziriga rejalashtirilgan tashrifini amalga oshira olmagani uchun uzr so‘rab xat yozdi. O‘sha maktubda argentinalik Ahmad Al-Xatebga “Janobi oliylari” deb murojaat qilgan va bora olmasligidan “chuqur afsusdaligini” bildirgan.

O‘shanda Messi "Barselona"da to‘p surardi. U sportchi sifatida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan majburiyatlari borligini yozgan. Gap Ispaniya chempionati doirasidagi "Betis"ga qarshi o‘yin, keyin esa Ispaniya kubogi doirasidagi o‘yin haqida ketmoqda.

Leo arzonga tushdimi?

Bu savol Saudiya Arabistoni rasmiylari va Messi uchrashuvini tashkil qilgan sobiq futbolchi Rayko Garsiya Kabrera berildi. Kabrera argentinalik futbolchi saudiyaliklardan Krishtianu Ronaldu va Karim Benzemaning maoshlari bilan taqqoslanadigan miqdordagi mablag‘ni so‘ramaganidan hayratda qolganini aytdi. U buni Leoning Saudiya Arabistoni va uning rahbariyatiga ishonishi bilan izohladi.

Saudiyalik dissidentlarning oilalari futbolchini qirollik bilan hamkorlik qilmaslikka undaganidan keyin ham Messi fikridan qaytmadi. Ochiq maktubda ular: “Saudiya rejimi sizdan o‘z obro‘sini yuvish uchun foydalanmoqchi”, deb yozishgan.

Bu ayblovlarni Saudiya Arabistoni rasmiylarining o‘zlari rad etgan va Messi bu murojaatga umuman munosabat bildirmagan.

Sports.ru saytida Baxtiyor Toshtemirov tarjimasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!