
Arab chempionlar ligasi. "An-Nasr" yarim finalga yo‘l oldi
Arab chempionlar ligasining chorak finalidan o‘rin olgan "Raja Kasablanka" - "An-Nasr" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda riyodliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Ronaldu 19-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Al-Ganam oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Taym so‘nggida darvozalar yana bir martadan ishg‘ol qilindi.
Shu tariqa, "An-Nasr" Arab chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar