
APLning bir qancha o‘yinlari tekinga namoyish etiladi
Angliya chempionati joriy mavsumining bir qancha o‘yinlari Britaniya televideniyalarining Youtube sahifasida bepul namoyish etiladi.
The Times nashri xabariga ko‘ra, Sky Sports va BT Sport telekanallari bahslarning asosiy qismini an’anaviy tarzda pullik strimlarda efirga uzatishadi, biroq ikkala kanal ham yopiq eshiklar ortida o‘tishi kutilayotgan APL uchrashuvlarini muxlislar uchun bir nechta bahslarni Youtubeda ochiq platformada efirga uzatishni rejalashtirishmoqda.
Premer-liga tashkil etilganidan buyon faqat ikki marotaba 2013/2014 mavsumda Sky tomonidan "Manchester Yunayted" – "Suonsi" va BT kanalidan "Kristal Pelas" – "Arsenal" bahslari bepul translyatsiya qilingan edi.
Fikrlar