
APLda yana bir osiyolik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi yarim himoyachisi Daichi Kamada faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli yaponiyalik futbolchi “Nyukasl”ning “radariga” tushib qoldi. Kamadaga "qarg‘alar"dan tashqari "Manchester Siti", "Liverpul" va hatto "Barselona" klublaridan ham qiziqish mavjud. Bu haqda Caught Offside nashri xabar tarqatmoqda.
Saudiyaliklar qo‘liga o‘tgach, moliyaviy tomondan ancha kuchaygan "Nyukasl" Kamada uchun boshqa da’vogarlarga qaraganda ko‘proq pul to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Daichi Kamada 2017 yildan buyon "Ayntraxt"da o‘ynab kelmoqda. U 2019 yildan buyon Yaponiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar