APLda oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 13 oktabr, 2023, 16:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Tottenxem" hujumchisi Son Xin Min Angliya premer-ligasida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘tgan oy koreyalik futbolchi Angliya chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi va ularda Son oltita gol urdi. "Byornli"ga qarshi o‘yinda Son xet-trik, "Arsenal"ga qarshi o‘yinda dubl va "Liverpul"ga qarshi o‘yinda bir marta gol urdi.

"Shporlar" hozirda APL turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Arsenal"ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Uchinchi o‘rindagi “Manchester Siti” shimoliy London vakillaridan ikki ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!