
APL. "Tottenxem" kichik kambek amalga oshirdi
APLning 30-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Luton" bahsida mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, 3-daqiqada Chong hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada Kobore o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Son esa g‘alaba golini urib ketdi.
Ushbu o‘yindan keyin "shporlar" turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqib oldi. "Luton" 18-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar