APL. "Tottenxem" kambek amalga oshirib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
APL 17-turidan o‘rin olgan "Brentford" - "Tottenxem" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Yaneltning goli evaziga maydon egalari hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi taym avvalida Touni farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 65-daqiqada Keyn farqni qisqartirgan bo‘lsa, 71-daqiqada Xyoyberg muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oladigan bo‘ldi.



Fikrlar