APL. Saloh bu borada etakchiga aylandi

  • 17 avgust, 2024, 18:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh APL 1-tur doirasida "Ipsvich"ga qarshi uchrashuvida gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

2017/18 yilgi mavsumdan beri Muhammad Saloh APLning birinchi davrasidagi o‘yinda kamida bitta samarali harakatni amalga oshirdi. Futbolchi birinchi turlarda gol+uzatma bo‘yicha ham APL tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi.

Misrlik xavbek dastlabki uchrashuvlarida 14 ta samarali harakat qilgan (9 gol va 5 golli uzatma). U bu ko‘rsatkich bilan Ueyn Runidan (13) o‘zib ketdi. Saloh dastlabki turlarda urilgan gollar bo‘yicha ham peshqadam (9 ta gol). U Alan Shirer, Frenk Lempard va Runini ( barchasida 8 tadan gol) ortda qoldirdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!