APL. Safarda g‘alaba qozongan "Tottenxem" "Liverpul" bilan farqni minimal darajada qisqartirdi, "Everton" kuchli to‘rtlikka kirib oldi

  • 5 mart, 2021, 01:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 33-turidan o‘rin olgan "Fulxem" - "Tottenxem" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. O‘yin mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Bellashuv taqdirini hal etgan yagona gol 19-daqiqada kiritildi. Mezbonlar vakili Abdul-Nasir Adarabioyo o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin "shporlar" o‘z hisobidagi ochkolar sonini 42 taga etkazib olgan holda, 7-o‘rindagi "Liverpul" bilan oradagi farqni 1 ochkogacha qisqartirdi. "Fulxem" esa 23 ochko bilan 18-pog‘onani band etgan.

Shuningdek, 29-turdan o‘rin olgan "Vest Bromvich" - "Everton" bellashuvi ham o‘z nihoyasiga etdi. Unda mersisaydliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

65-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etgan Risharlison jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Mehmonda g‘alaba qozongan "irischilar" 46 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Vest Bromvich" onlayn jadvalda 19-o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!