
apl. mersisayd derbisi nursiz durang bilan yakunlandi
"Gudison Park"da kechgan Mersisayd derbisida jamoalar har qancha urunishmasin, raqib darvozasini ishg‘ol eta olishmadi. Natijada uchrashuv nursiz durang bilan yakuniga etdi - 0:0.
Shu tariqa "qizillar" turnir jadvalida 1-o‘ringa qaytish imkoniyatini yo‘qotishdi. Endilikda Yurgen Klopp jamoasi 70 ochko bilan peshqadam "Manchester Siti"dan 1 ochko kam jamg‘argan holda 2-pog‘onada bormoqda.
"Irislar" esa 37 ochko bilan 10-o‘rindan joy olishgan.
Fikrlar