
APL. London derbisida "Arsenal" 3:0 hisobida ortda qolayotib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan “Vest Xem” va “Arsenal” jamoalari bahsi yakunlandi.
Dramatik kechgan London derbisi 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Vest Xem” Jessi Lingard (16'), Jerrod Bouen (17') va Tomash Souchek (32') tomonidan kiritilgan golar evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsada, o‘yin yakuniga qadar g‘alabani qo‘ldan chiqardi. E’tiborlisi, “kanonirlar” hisobiga yozilgan 2 ta golni “bolg‘achilar” a’zolari - Tomash Souchek (38' avtogol) va Kreyg Douson (61' avtogol) kiritdi. Yana bir golga esa Aleksandr Lyakazett (82') mualliflik qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Vest Xem” 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, “Arsenal” esa 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar