APL klubi "Milan" futbolchisiga qiziqmoqda
Angliyaning "Vulverxempton" klubi hamon "Milan" xavbeki Franko Kesseni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra APL klubi 22 ivuarlik futbolchini qishki transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, “bo‘rilar” Kesseni joriy yozgi transferlar davrida sotib olishlari ham mumkin edi. Biroq, ular ushbu masalada “rossonerilar” bilan kelisha olishmadi.
Eslatib o‘tamiz, Kessega shuningdek “Monako” klubi ham jiddiy qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Franko Kesse “Milan” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 98ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar