
APL. Kazemironing yagona goli MYuga 3 ochko taqdim etdi
APLning 37-turidan o‘rin olgan "Bornmut" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona gol muallifi - Kazemiro. Yarim himoyachi 9-daqiqada juda chiroyli gol urgan holda hisobni ochdi.
Shu tariqa, MYu 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. "Bornmut" esa 14-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar