
APL. 23-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!
Angliya Premer-ligasi 23-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tur davomida bir necha qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi. 3:3 hisobi bilan yakunlangan "Manchester Yunayted" - "Everton" bahsi ikkinchi darajaga tushib qoldi. APL bu mavsum chempionlik masalasiga ancha oydinlik kiritgan "Liverpul" - "Manchester Siti" to‘qnashuvi manchesterliklarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, "Aston Villa" - "Arsenal", "Vulverxempton" - "Lester Siti" bahslari ham muxlislar qiziqishiga sabab bo‘ldi. Quyida APL 23-turida olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqolani e’tibringizga havola qilamiz.
Emiliano Martinesning sa’y-harakatlari tufayli birmingemliklar darvozasi daxlsiz qoldi.
Jaka Grilishni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilmoqda. Biroq...
Martin Edegorning "Arsenal" safidagi 3-o‘yini omadsizlik bilan yakunlandi.
"Black lives matter" shiori ostidagi o‘yinoldi "marosim"lari davom etmoqda.
Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurash avjida.
To‘p olib qo‘yish uchun harakat qilayotgan Barns.
Takumi Minamino o‘z debyutini gol bilan nishonladi.
Uord-Prouz doimgidek jarima zarbalarini qoyilmaqom ijro etmoqda.
Maykl Antonioning yuz emotsiyasiga e’tibor qarating!
Xafsalasi pir bo‘lgan Devid Moyes.
"Fulxem" - "Vest Xem" bellashuvida hisob ochilmadi. Fabinskining bunda roli katta!
MYu - "Everton" bahsi "qizil iblislar" afsonalari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.
Har ikki jamoa sardorlari maydon markaziga gulchambar qo‘ymoqda. Bu o‘yinga aloqador oxirgi sokin holat edi.
Kavanining bosh bilan yo‘llagan orqali gollar shousini boshlab berdi.
Bellashuv o‘ta keskin kurashlar ostida o‘tdi.
Brunu Fernandeshning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini Olsen qaytara olmadi.
Jarohatdan tuzalib safga qaytgan Xames Rodriges ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Xarri Keyn maydonga qaytishini gol bilan nishonladi. Usiz jamoasi ancha qiyin kunlarni boshdan o‘tkazdi.
Darvozabonning harakatiga baho bering!
Bu suratga izoh o‘zingizdan...
"Vulvs" - "Lester" bellashuvi o‘ta keskin ruhda o‘tdi.
Pedro Netuning parvozi. Lekin bu hammasi emas...
Afsuslanayotgan Vardi hamda Meddison. O‘sha kuni ular raqib postiga yo‘l topa olmadi.
Xuddi shu holatni Xarvi Barnsda ham ko‘rish mumkin.
Turning markaziy uchrashuvi va qizillar qurshovida qolgan Foden.
O‘yinning anti-qahramoni Alisson Bekker. "Endi pushaymondan zarra foyda yo‘q!"
Penaltidan foydalana olmagan paytda Gyundogan ham omadsiz rolida edi.
Bir surat, ikki hil kayfiyat. Futbolda kimdir g‘alaba qozonadi!
Sterlingning zarbasini ko‘rish uchun yig‘ilgan "tomoshabinlar".
"Siti" himoyachilari Salahni yaxshi qo‘riqlay oldi. Qancha harakat qilmasin, Muhammad jamoasini oldinga boshlay olmadi.
To‘g‘ri, Kante bo‘ydor futbolchi emas. Biroq Landstryomning oyog‘i ancha baland ko‘tarilgan.
Bechora Verner. Uni goldan mahrum qilishdi.
Yana penalti tepishni boshlagan Jorjino Tuxeldan maqtovlarni qabul qilib olmoqda.
Parvoz bu safar "Lids" futbolchisi Alioskidan.
Mateta ham uchishni biladi!
Futboldagi balet!
Fikrlar