Antoni: Messi hamisha men uchun eng yaxshi namuna bo‘lgan

  • 20 noyabr, 14:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Betis” klubi a’zosi Antoni jurnalistlar bilan suhbatda Lionel Messini o‘z kumiri sifatida ko‘rishini ma’lum qildi. Antoni Globo Esporte nashriga bergan intervyusida Messini bolaligidanoq kuzatib kelganini ham aytdi.

Tecno

"Uning yo‘li haqiqatan ham ajoyib. Hamma Lionelga chuqur hurmat bilan qaraydi. Men uning o‘yin uslubiga hayronman. Messi hamisha men uchun eng yaxshi namuna bo‘lgan", — dedi braziliyalik vinger.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan, keyin esa Frantsiyaning PSJ jamoasida harakat qilgan. So‘nggi bir necha yilda esa u “Inter Mayami” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!