Antaliyada yana bir o‘yin yoxud "Burgutlar"ning raqibi haqida nimalarni bilasiz?

  • 20 fevral, 10:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 “Andijon” klubi 20 fevral kuni yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu safargi raqib – Chexiyaning “Zbroyovka Bron” klubidir. Bugun mazkur raqib haqida to‘xtalamiz.

Chexiya klubi 1913 yilning 14 yanvar kuni tashkil topgan. “Zbroyovka Bron” Chexiya xalq ligasida (bizning pro ligamiz kabi)da qatnashib kelyapti. Mavsumning birinchi qismidan so‘ng “Zbroyovka Brno” 16 ta ishtirokchi orasida 16 uchrashuvdan keyin 3 g‘alaba, 6 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etib, (to‘plar nisbati 18\29) 15 ochko bilan musobaqa jadvalida 14-o‘rinda.

Klub uy o‘yinlarini “Srbska” nomli stadionda o‘tkazadi va u 12550 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan.

Jamoaning eng qimmat futbolchisi 21 yoshli hujumchi Tadeas Vaxusek bo‘lib, “Transfermarkt”da uning bahosi 250 ming evroni ko‘rsatmoqda. Shuningdek, tarkibda slovakiyalik, ganalik, belgiyalik, amerikalik va kolumbiyalik legionerlar bor.

Jamoaga chexiyalik 50 yoshli mutaxassis Yaroslav Xaynek bosh murabbiylik qilib kelmoqda. U ushbu lavozimda 2014 yilning 1 iyulidan beri ishlayapti. Uning boshchiligida jamoa hozirga qadar 19 ta uchrashuvda 5 g‘alaba, 6 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etdi.

“Zbroyovka Brno” Antaliya yig‘ini mobaynida bungacha Latviyaning “Auda” klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Keyingi uchrashuvda Daniyaning “Brabrand” jamoasini ham yana 3:1 natijasi bilan mag‘lub qildi. "Andijon" bilan o‘yin esa chexiyaliklarning uchinchi bellashuviga aylanadi.

Shuningdek, bu andijonliklarning Chexiya klubiga qarshi ilk o‘yini emas. Yodingizda bo‘lsa, 13 fevral sanasida Chexiya xalq ligasi (pro liga) peshqadami “Zlin” (0:2) jamoasiga qarshi maydonga tushishgan. Navbatdagi bahs esa "Burgutlar"ning chexiyaliklarga qarshi ikkinchi o‘yiniga aylanadi.

“Andijon” – “Zbroyovka Brno” uchrashuvi bugun, 20 fevral sanasida Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da (Antaliya vaqtiga 15:30) boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!