Angliyadagi yulduzlar boshqa qit’aga yo‘l oldi

  • 6 yanvar, 2024, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yanvar va fevral oylari davomida Osiyo kubogi va Afrika Millatlar kubogi musobaqalari o‘tkaziladi. Angliya Premer-ligasida har ikki qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘z mamlakati sharafini himoya qilish uchun chaqirtirilgan o‘yinchilar bor.

Tecno

Sky Sports nashri bu futbolchilar haqida ma’lumot berdi.

“Nottingem Forrest”: Serj Ore (Kot-d’Ivuar), Villi Bolli (Kot-d’Ivuar), Ibraim Sangare (Kot-d’Ivuar), Sheyxu Kuyate (Senegal), Mussa Nyakate (Senegal), Ola Ayna (Nigeriya).

“Sheffild Yunayted”: Anis Slimane (Tunis), Yasser Larusi (Jazoir).

“Tottenxem”: Pape Sarr (Senegal), Son Xyon Min (Janubiy Koreya), Iv Bissuma (Mali).

“Vest Xem”: Nayef Ager (Marokash), Muhammad Qudus (Gana).

“Vulverxempton”: Xvan Xi Chan (Janubiy Koreya), Rayan Ait-Nuri ( Jazoir), Bubakar Traore (Mali), Jastin Xubner (Indoneziya).

“Kristal Pelas”:  Jordan Ayyu (Gana).

“Everton”: Idrissa Geye (Senegal).

“Fulxem”: Fode Ballo-Ture (Senegal), Aleks Ayuobi (Nigeriya), Kelvin Beyssi (Nigeriya).

“Liverpul”: Vataru Endo (Yaponiya), Muhammad Saloh (Misr).

“Luton Taun”: Issa Kabore (Burkina Faso).

“Manchester Yunayted”: Andre Onana (Kamerun), Sufyon Amrabat (Marokash), Amad Diallo (Kot-d'Ivuar).

“Arsenal”: Muhammad Elneni (Misr), Takexiro Tomiyasu (Yaponiya).

“Aston Villa”: Bertrand Traore (Burkina Faso).

“Bornmut”: Dango Uattara (Burkina Faso).

“Brentford”: Yoan Vissa (Kongo Demokratik Respublikasi), Chi-Su Kim (Janubiy Koreya), Saman G‘oddos (Eron), Frenk Oneka (Nigeriya).

“Brayton”: Simon Adingra (Kot-d'Ivuar), Tarik Lempti (Gana), Kaoru Mitoma (Yaponiya).

“Chelsi”: Nikolas Jekson (Senegal).

Angliya Premer-ligasidan faqatgina uch jamoa – “Manchester Siti”, “Nyukasl Yunayted” va “Byornli”da Osiyo va Afrika chempionatlariga boradigan futbolchilar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!