Angliya terma jamoasi finaldan oldin jiddiy yo‘qotishga uchragan bo‘lishi mumkin

  • 10 iyul, 2021, 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden ertaga Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan “Evro-2020” final uchrashuvidan oldin Angliya terma jamoasi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, 21 yoshli futbolchi kichik jarohati sabab bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmagan. Murabbiylar shtabi Fodenga nisbatan ehtiyot choralarini ko‘rmoqda va shu sababli unga bugun jismoniy yuklamalar bermaslikka qaror qilgan.

Angliya terma jamoasi bugun finaldan oldin so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Italiya – Angliya  uchrashuvi 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. “Evro-2020”ning hal qiluvchi uchrashuvi niderlandiyalik Born Kuypersga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!