
Angliya klubi etti o‘yinchidan voz kechdi
“Vest Xem” bosh murabbiyi Grem Potter kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini jiddiy yangilashga qaror qilgan.
Aslida London klubi o‘tgan yoz tarkibda o‘zgarish qilgandi. Biroq o‘shanda jamoani boshqargan Xulen Lopetege amalga oshirgan tanlov Grem Potterga ma’qul kelmadi.
Grem Potter jamoani qabul qilib olganidan beri o‘yinchilar imkoniyatlarini tahlil qilib, o‘yin amaliyoti berilmaydigan va mahoratini yangi murabbiyga isbotlay olmagan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzib qo‘ydi.
Unga ko‘ra, joriy mavsum yakunlanishi bilan klub Konstantinos Mavropanos, Emerson Palmeri, Gvido Rodriges va Niklas Fyullkrugni sotib yuborishga harakat qiladi.
Hujumchi Danni Ingsning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va unga yangi bitim taklif qilinmaydi.
The Guardian nashrining yozishicha, “bolg‘aurarlar” ijaraga olingan Karlos Soler va Evan Fergyuson kabi nomdor futbolchilarni ham kelgan jamoasiga qaytarib yuboradi.
Fikrlar