
Angliya futbolida tarixda kuzatilmagan ikki voqea yuz berdi
Angliya Premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan “Vulverxempton” va “Bornmut” jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvda tarixiy voqea kuzatildi.
Mehmonlar hujumchisi Jastin Klyuyvert raqib darvozasiga uch marta penaltidan gol urdi. Bu holat Angliya Premer-ligasi tarixida ilk marotaba sodir bo‘lgani qayd etildi.
Niderlandiyalik futbolchi 11 metrlik nuqtadan 3, 18, 74-daqiqalardan zarba berib, “Vulverxempton” darvozaboni Joze Sani ojiz qoldirdi. O‘yinda “Bornmut” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Yana bir qiziqarli holat “Bornmut” o‘yinchisi Evanilson bilan bog‘liq. Har uchala penalti aynan mana shu hujumchiga nisbatan ishlatilgan qoida buzishlardan keyin belgilangan. Bunaqasi ham Angliya futboli tarixida birinchi bor yuz berdi.
Fikrlar