
Angliya futbol assotsiatsiyasi yangi bosh murabbiy uchun qanday talablarni qo‘yadi?
Angliya futbol assotsiatsiyasi iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Garet Sautgeytning vorisi uchun o‘zining umumiy talablarini ma’lum qiladi. Sky News nashri xabariga ko‘ra, FA ushbu lavozim uchun mezonlarga javob beradigan turli murabbiylar bilan suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
FA keyingi bosh murabbiyning jamoatchilik qiziqishi va nazorati kuchayishiga dosh bera olishi va boshqaruv sohasida katta tajribaga ega bo‘lishi zarurligini alohida e’tiborga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Sautgeyt Ispaniya terma jamoasi bilan Evro-2024 finalida (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavoziminidan iste’foga chiqarilgan edi.
Garet Sautgeyt 2016 yildan beri Angliya termasini boshqarib kelmoqda. Bu davr ichida “Uch sherlar” uning qo‘l ostida jami 102 ta uchrashuv o‘tkazib, 64 marta g‘alaba qozongan, 20 marta durang o‘ynagan va 18 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar